Yangiobod tumani oʻquvchi yoshlari ishtirokida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi
Yoshlarni jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk, keng dunyoqarashli, mustaqil fikr yuritadigan barkamol inson sifatida shakllantirish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida Yangiobod tumanidagi 12-son maktabda "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Yangiobod tumani hokimligi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi tashabbusi, shuningdek Milliy gvardiya Qoʻriqlash boshqarmasi, DXX chegara qoʻshinlari, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi, tuman IIB rahbariyati bilan birgalikda tashkil etilgan uchrashuvda yoshlar sohasidagi eng dolzarb mavzular yuzasidan fikrlar bildirilib, yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida suhbatlashildi.