Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Yangi O‘zbekistonning Konstitutsiyasi-farovonlik garovi

Yangi O‘zbekistonning Konstitutsiyasi-farovonlik garovi

02 декабрь 2024 йил
40
0

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yurtimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch-osoyishta hayoti, fuqarolarning huquq va erkinlarining huquqiy kafolati hisoblanadi.

Ayni damda, inson huquqlari himoyasini yangi bosqichga olib chiqish, qonunchilikni rivojlantirish, mamlakatda qulay investitsion muhitni yaratish, chinakam xalqparvar davlatchilik asoslarini yaratish zarurati Konstitutsiyaviy islohotlarni o‘tkazishni taqozo etmoqda.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqida”gi qaroriga ko‘ra, 2023 yil 30 aprel kuni referendum o‘tkazish belgilandi.

Taʼkidlash joizki, bugunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi necha bor o‘zgartishlar kiritilgan bo‘lsa, ushbu konstitutsiyaviy qonunlar Parlament tomonidan qabul qilinib, umumxalq muhokamasiga qo‘yilmagan.

Yangi tahrirdagi loyihada keltirilgan o‘zgarishlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, yangi loyiha moddalari ancha xalqparvarligi, inson huquqlari himoyasi kafolatlarining kengaytirilgan talqinda berilayotganligini guvohi bo‘lishimiz mumkin.

Birgina misol, amaldagi Konstitutsiyaning 1-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston — suveren demokratik respublika. Davlatning “O‘zbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlari bir maʼnoni anglatadi.

Loyihada esa, O‘zbekiston – boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat. Davlatning “O‘zbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlari bir maʼnoni anglatadi deb ko‘rsatilgan.

Yaʼni, moddada davlatning huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy ekanligini belgilanishi zamonaviy davlatchilik asoslariga to‘liq mos kelib, bunda eng avvalo inson va uning huquq erkinliklari muhofazasi muhim ekanligini anglatadi.

Shuningdek, loyihaning 20-moddasida inson bilan davlat organlarining o‘zaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etilishi, 23-moddasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekistondan tashqariga majburiy chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berib yuborilishi mumkin emasligi, 28-moddasida agar shaxsning o‘z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emasligi, shuningdek, shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi, 33-moddasida Davlat Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratishi, 42-moddasida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori insonning munosib turmush darajasini taʼminlash zarurati hisobga olingan holda belgilanishi, 47-moddasida hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emasligi, 142-moddasida advokatga o‘z himoyasidagi shaxs bilan moneliksiz va xoli uchrashish, maslahatlar berish uchun shart-sharoitlar taʼminlanishi kabi muhim qoidalar o‘z aksini topgan.

Umuman olganda Bosh qomusimiz 128 ta moddadan 155 taga, normalar esa 275 tadan 434 taga oshganligi, 91 ta konseptual o‘zgartishlarni o‘z ichiga olib, bir so‘z bilan aytganda inson manfaatlari yo‘lida takomillashtirilmoqda, yangi loyihadagi o‘zgarishlar inson huquqlari himoyasini yangi bosqichga olib chiqmoqda.

Loyihada davlatning uzoq muddatli taraqqiyot strategiyasi, yurtimiz va xalqimizning ertangi farovot hayoti uchun mustahkam huquqiy asos o‘z ifodasini topmoqda. Yangi loyiha chin maʼnoda “Xalq konstitutsiyasi” bo‘lishiga ishonchimiz komil.

B.Mamadaminov,

Jinoyat ishlari bо‘yicha

Yangiobod tuman sudining raisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар