Aholi bilan muloqotlar o`tkazildi
Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev tumanda fuqarolar manfaatlarini taʼminlash, aholining farovon va baxtli hayot kechirishlari uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish maqsadida muntazam tarzda aholi bilan muloqotlar oʻtkazib kelmoqda.
Joylarda oʻtayotgan uchrashuv va sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etish va takliflarini qoʻllab-quvvatlashda kutilgan natijalarni bermoqda.
Bugun Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev 1-sektor hududiga qarashli Sovot QFYda aholi bilan sayyor qabul o'tkazib, ularning murojaatlarini tingladi.
Uchrashuvda sektor va mahalla mas'ullari hamda mutasaddi idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Qabul davomida fuqarolar murojaatlari atroflicha ko'rib chiqilib, ularning aksariyati joyida hal etildi.
Yechimi maʼlum vaqt va mablagʻ talab etadigan murojaatlar boʻyicha tegishli tashkilotlarga aniq koʻrsatmalar berilib, ijrosi tuman rahbarining nazoratiga olindi.