YOSHLAR DAFTARIGA KIRITILGANLAR UCHUN QANDAY IMTIYOZLAR MAVJUD?
Yoshlar daftariga kiritilgan yoshlar uchun quyidagi 20 turdagi imtiyozlar mavjud:
- Talabalarni to'lov kontrakti uchun (BHM 50 baravari miqdorida);
- Bir martalik yordam ko'rsatish (BHM 4 baravari miqdorida);
- Bemor yoshlarni davolatish (BHM 50 baravari miqdorida);
- Yosh oilalarga uy joy qurish uchun ajratilgan kredit (33 mln so'mgacha);
- Tadbirkorlik va kasb hunar o'quv kursi ( BHM 4 - 8 va 12 baravari miqdorida);
- Haydovchilik o'quv kursi uchun (BHM ning 4 baravari miqdorida);
- Safarbarlik chaqiruv rezervi xizmat badali (BHM ning 20 baravari miqdorida);
- Urug'lik ko'chatlari uchun (BHM 8 baravari miqdorida)
- Asbob uskunalar va mehnat qurollari uchun (BHM 40 baravari miqdorida);
- Noturar joy ijarasi (BHM ning 25 baravari miqdorida);
- Yosh oilalarning turar joy ijarasi (BHM 3 baravari miqdorida);
- IT va xorijiy tillarga o'qitish (BHM 4 baravari miqdorida);
- Ilm fan sport sa'nat va madaniyat yo'nalishlarida o'quv kurslari (BHM 4 baravari miqdorida);
- Olimpiada tanlov va sport musoboqalarida ishtirok etish uchun (BHM 4 va 40 baravari miqdorida);
- O'quv kurslari va noturar joy ijarasi ( BHM 50 baravari miqdorida);
- Fuqarolik biometrik pasport olish badalini qoplab berish (smeta asosida);
- Maktab formasi hamda o'quv qurollari xarajatlari uchun (smeta asosida);
- Turizm obyektlariga sayohatlari uchun mehmonxona va yo'l xarajatlari uchun;
- Besh muhim tashabbus tadbirlarini moliyalashtirish (smeta asosida);
- Psixologik xizmat ko'rsatish (shartnomaga asosan).
Eslatma! Yoshlar daftariga kirishingiz uchun o'zingiz istiqomat qilayotgan hududingizdagi M.F.Y.da faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchisiga murojaat qilishingiz so'raladi, agarda yoshlar daftariga kirish uchun qo'yilgan talablardan biriga mos kelsangiz siz yoshlar daftariga kiritilasiz va yuqorida sanab o'tilgan, imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega bo'lasiz.
Муҳокамага қўшилинг