Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » “Hayr-Havotogʻ” MCHJga qarashli mehmonxona va sogʻlomlashtirish markaziga media-tur trashkil etildi

“Hayr-Havotogʻ” MCHJga qarashli mehmonxona va sogʻlomlashtirish markaziga media-tur trashkil etildi

03 октябрь 2023 йил
296
0

Yangiobod tumanidagi Havotogʻ QFY, Uchturgon qishlogʻi hududida “HAYR HAVOTOGʻ” MCHJ rahbari tadbirkor Muhammadxayrullo Qayumjonov tomonidan tashkil etilgan 82 oʻringa moʻljallangan mexmonxona va sogʻlomlashtirish markazi media-tur tashkil etildi.

Tadbirda ommaviy axborot vositalari va faollar ishtirok etib, markazning binosi, bu yerda tashkil etilgan xizmatlar va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

Tadbirkor bilan suhbatda ushbu u mehmonxona va sogʻlomlashtirish markazining nima uchun aynan ushbu hududda tashkil etilganiga toʻxtalib, hududning sof va toza havosi, ayniqsa, bu yerdan tabiiy holda chiqadigan maʼdanli suvning inson salomatligiga taʼsiri haqida gapirib berdi.

Ushbu 82 oʻringa moʻljallangan yangi maskanda 48 oʻrinli vip xonalar, 30 oʻrinli standart va 4 oʻrinli apartament boʻlib, markazda parafin, massaj, fitoboʻchka, fin xammomi, turk xammomi, issiq qum, tuz gʻori, xijoma, kutubxona, namozxona, oshxona, stol oʻyinlari va shifobaxsh suvli jakuzi vannalar tashkil etilgan.

Markazda suyak bugʻim kasalliklari, nerv kasalliklari, ovqat xazm kilish organlari kasalliklari, genikologiya kasalliklari, markaziy qon aylanish kasalliklari hamda teri kasalliklari bilan kasallangan bemorlarga xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgan. Loyiha doirasida 50 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

Shuningdek, korxona tomonidan loyixaning 2-bosqichi boʻyicha ham ishlar olib borilishi kutilmoqda. Korxona tomonidan loyiha qiymati 1.5 mln. AQSH dollarni tashkil etadigan “HAVOTOGʻ”mineral suv ishlab chiqarish zavodi qurilishi rejalashtirilgan. Loyihaning quvvati 60 ming dona 1 litrlik idishda yoki 80 ming dona 0.5 idishda ishlab chiqariladi. Oyiga esa 180 ming dona mineral suv ishlab chikarilishi maqsad qilingan. Loyiha ijrosi bilan qoʻshimcha 25 ta yangi ish oʻrni yaratilib, maxsulotlarni Rossiya, Tojikiston va BAA davlatlariga eksport kilish ko'zda tutilgan.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар