Fuqaro murojaati ijobiy hal etildi
Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev aholi murojaatlari bilan ishlash, xalq dardiga quloq tutib, ularning ogʻirini yengil qilish masalalariga o'z kun tartibidagi birlamchi vazifaga sifatida qaraydi.
Bugun ham tuman hokimi turli masalalarda amaliy yordam soʻrab kelgan fuqarolarni qabul qilib, ularning murojaatlarini tingladi.
Xususan, Doʻstlik MFYda istiqomad qiluvchi X.Axmedova xonadonining issiqlik tizimini gaz tarmog'iga ulashda tushunmovchilik sabab muammolarga uchrayotgani uchun amaliy koʻmak soʻrab murojaat qildi.
Tuman rahbari fuqaro bilan suhbatlashib, ushbu masalani bugunoq ijobiy hal etish yuzasidan tegishli masʼullarga topshiriqlar berdi.
Муҳокамага қўшилинг