Yangiobodda "Deputatlar bog'i" tashkil etildi
Yangiobod tumanida "Yashil makon" umummilliy harakati doirasida "Deputatlar bog'i" tashkil etildi.
"Yangi Oʻzbekiston – yashil makonda birga yashaylik!" shiori ostida tashkil etilayotgan kuzgi ko'chat ekish ishlariga Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputatlari ham o'z hissalarini qo'shmoqdalar.
Tumanning "Shodlik" MFY hududidagi qarovsiz bo'lgan bo'sh yer maydoni bog' uchun tanlanib, ishlov berildi va 100 ga yaqin hudud iqlim sharoitiga mos va suvsizlikka chidamli bo'lgan bodom ko'chatlari ekildi.
Tuman Kengashi kotibiyati mudiri V.Xasanov boshchiligida tashkil etilgan hasharda tuman Kengashi deputatlari O.Begmatov, J.Yoqubov, H.Qudratov, N.Adilovlar faollik koʻrsatishib, ushbu ishlarga hudud yoshlari ham ko'mak berdilar.
Муҳокамага қўшилинг