"Yashil makon" tadbirlarida deputatlar ham faol ishtirok etishmoqda
Yangiobod tumanida "Yashil makon" umummilliy harakati doirasidagi kuzgi ko'chat ekish ishlari barcha mahallalar, bog'lar va aholi xonadonlarida davom etmoqda.
"Yangi Oʻzbekiston – yashil makonda birga yashaylik!" shiori ostida tashkil etilayotgan ushbu tadbirlarda xalq deputatlari Yangiobod tuman kengashi deputatlari ham faol ishtirok etishmoqda.
Loyiha doirasida deputatlar aholi orasida ko'chat ekishni jadallashtirish borasida targ'ibot olib borish bilan birga, o'z tomorqalarida hamda mahallalarda tashkil etilayotgan yashil maydonlarda mevali va manzarali ko'chatlar ekmoqdalar.
Муҳокамага қўшилинг