Mahalla raislarining kompyuter savodxonligi oshirilmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" PQ-357-sonli qaroriga asosan mahalla tizimi xodimlarining xodimlarining zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha bilim va koʻnikmalarini bosqichma-bosqich oshirish belgilangan.
Yangiobod tumanidagi IT-Parkda ushbu vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida 4-9 dekabr kunlari mahalla raislari uchun 5 kunlik o'qish tashkil qilinib, unda mahalla raislari kompyuter savodxonligi bo'yicha o'z bilim va ko'nikmalarini oshirmoqdalar.
Муҳокамага қўшилинг