Yangiobodda general-mayor Gʻayrat Qodirovning aholi bilan sayyor qabuli boʻlib oʻtdi (Video)
Yangiobod tumanida Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, viloyat 3-sektor rahbari general-mayor Gʻayrat Qodirovning aholi bilan sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.
Tadbirda tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev, hokim oʻrinbosarlari, 3-sektor masʼullari, tegishli korxona, tashkilot va muassasa rahbarlari, aholi va yoshlar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar, muammo va takliflar oʻrganilib, ularni hal etish choralari koʻrildi.
Shuningdek, 4 nafar ehtiyojmand fuqaroga elektr pech, 1 nafar fuqaroga eshitish moslamasi, 5 nafariga fuqarolik pasporti, 6 nafariga moddiy yordam va 10 nafar yoshlarga oliy taʼlim muassasalariga shartnoma pulini toʻlab berilganligi toʻgʻrisida sertifikatlar topshirildi.
Shu bilan birga, tumandagi 10 maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ham koʻzdan kechirildi.