Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » "Mahallada duv-duv gap" ma’naviy-ma’rifiy ko‘ngilochar tadbirining 2-bosqichi boshlandi

"Mahallada duv-duv gap" ma’naviy-ma’rifiy ko‘ngilochar tadbirining 2-bosqichi boshlandi

13 январь 2024 йил
64
0

Yangiobod tumanida "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!" shiori ostidagi "Mahallada duv-duv gap" ma’naviy-ma’rifiy ko‘ngilochar tadbirining 2-bosqichi boshlandi.

Shodlik MFYda tashkil etilgan tadbirda targ‘ibot guruhi tomonidan Respublika Maʼnaviyat va ma’rifat Kengashi yigʻilishida ilgari surgan fikrlari va ustuvor vazifalar mazmun-mohiyati tushuntirilib, Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik oshirish to'g'risida fikrlar bildirildi.

Shuningdek, “Harbiyvatanparvarlik” oyligi munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston armiyasi - mamlakat qudrati, yuksak g'urur va sadoqat timsolidir” mavzusida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, dunyoqarashini kengaytirish va ularqalbida ona Vatanga muhabbat tuygʻularini yanada shakllantirish maqsadida tushunchalar berildi.

Tadbir davomida aholiga xushkayfiyat ulashish maqsadida tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan konsert dasturi taqdim etildi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар