Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi

Qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi

15 март 2024 йил
107
0

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga hamda Pedagogning maqomi toʻgʻrisidagi, Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish toʻgʻrisidagi qonunlarning mazmun-mohiyati.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 19-yanvar kuni “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartirish va qoʻshimchalarkiritish xaqida”gi Qonuni imzolandi.

Jumaldan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qoʻshimchaga koʻra, quyidilarga nisbatan javobgarlik belgilandi:
– Mobil qurilmaaning xalqaro oʻziga xos identifekatsiya kodini qonuniy ishlab chiqaruvchining ruxsatisiz oʻzgartirish, xuddi shuningdek ushbu maqsadda maxsus dasturlarni ishlab chiqish, tarqatish yoki ulardan foydalanish BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bunda xuquqbuzarlik sodir etish quroli musodara qilinadi.
– Abonent qurilmasining identifikatsilash modulini qonuniy ishlab chiqaruvchining yoki uning qonuniy egasining ruxsatisiz oʻzgartirish yoki uning nusxasini yaratish xuquqbuzarlik sodir etish qurolini musodara qilib BHMning 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

– Kripto-aktivlarni qonunga xilof ravishda olish, oʻtkazish yoki ayrboshlash, litsenziya olmasdan kripta-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provoyderlari faoliyatini amalga oshirish 15 sutkadacha maʼmuriy qamoqqa olishga yoki maʼmuriy qamoq qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan shaxslarga BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bunda kripto-aktivlarni hamda mazkur xuquqbuzarliklarni sodir etish qurollari musodara qiliniadi.
– Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari tomonidan anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish mansabdor shaxslarga BHMning 30 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
– Mayning faoliyatini belgilangan tartibini buzgan holda amalga oshirish, mazkur xuquqbuzarlikni sodir etish qurollarini musodara qilib, 5 sutkagacha maʼmuiy qamoqqa olishga yoki maʼmuriy qamoq qoʻllanilishi 

mumkin boʻlmagan shaxslarga BHMning 20 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
– Anonim kripto-aktivlari mayning bilan shugʻullanishi, kripto-aktivlarni hamda xuquqbuzarlik sodir etish qurollarini musodara qilib, mansabdor shaxslarga BHMning 30 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Shuningdek, Jinoyat kodeksga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, quyidagilarga nisbatan javobgarlik kuchaytirildi:
“Tovlamachilik, yaʼni jabrlanuvchiga yoki uning yaqin kishilariga zoʻrlik ishlatish, mulkiga shikast yetkazish yoki uni nobud qilish yoxud jabrlanuvchining axborot resursini yoʻq qilish, oʻzgartirish, egallab olish yoki toʻsib qoʻyish yoki jabrlanuvachi uchun sir saqlanishi lozim boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilish, uni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qoʻrqitib oʻzgadan mulkni yoki mulkiy xuquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yoʻsindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini oʻzitning mulkini yoki mulkka boʻlgan xuquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qoʻyish uchun jinoiy javobgarlik belgilandi.
Yangiqoʻshimcha kiritildi:
Kripto-aktivlarni qonunga xilof ravishda olish, oʻtkazish yoki ayirboshlash, belgilangan tartibda litsenziya olmasdan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provoyderlari faoliyatini amalga oshirish yoxud kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari tomonidan anonim kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan holda boʻlsa,

— Bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha ahloq tuzatish ishlari yoxud 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 1-fevral kuni “Pedegogning maqomi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-901-sonli Qonuni imzolandi.
Qonun bilan pedagoglarning xuquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatga yarasha xaq toʻlash, ragʻbarlantirish va ijtiomiy himoya qilish tamoyillari belgilandi.
Pedagogning xuquqlari, shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsi davlat himoyasi ostida boʻladi.
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotida ilk bor kasbiy faoliyatini boshlayotgan shaxsga bir oʻquv yili davriga murabbiylikni amalga oshirish uchun tajribali pedagog biriktiriladi.

Qonunga koʻra, jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:

Pedegogni kasbiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xoʻjaligi ishlariga jalb qilish;
Pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taaluqli boʻlmagan hisobotlarni va boshqa maʼlumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi taʼminlanganligi xaqidagi hisobotlarni shaklllantirishni va taqdim etishni talab qilish;
Pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlar sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish xaqidan uning roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablagʻ ushlab qolish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 2-fevral kuni “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini  oshirish toʻgʻrisida”gi OʻRQ–903-sonli Qonun imzolandi.

Qonun bilan tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish sohasidagi asosiy prinsiplar, sohani davlat tomonidan tartibga solish, tuproq unumdorligini oshirish asoslari va tartibi belgilandi.
Qishloq xoʻjaligi vazirligi tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish sohasidagi uning unumdorligini oshirish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.
Yer egalari Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutidan oʻziga tegishli yer uchastkasidagi tuproqning sifatini baholash toʻgʻrisida axborot olish xuquqiga ega.
Yer egalari shaharsozlik faoliyatini, geologik qidiruvni va foydali qazilmalarni qazib olishni, shuningdek qishloq xoʻjaligiga oid boʻlmagan boshqa faoliyatni amalga oshirishda tuproqning mavjud unumdor qatlamini sidirib olishi va saqlashi shart.
Sidirib olingan tuproqning unumdor qatlamini qurilish tashkilotlari xokimliklar tomonidan belgilangan joylarga saqlash uchun olib chiqadi.
Tuproqning unumdor qatlami sidirib olinmaganligi  va saqlanmaganligi fakti aniqlanganda, yetkazilgan zararning oʻrni mahalliy byudjetga qoplanadi. Mazkur pul mablagʻlaridan qishloq xoʻjaligida foydalanilmagan sugʻoriladigan yerlarni foydalanishga kiritish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun foydalaniladi.
Tuproqni oʻrganish Qishloq xoʻjaligi, Suv xoʻjaligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish  va iqlim oʻzgarishi vazirliklarining vakolatli tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.

Baxtiyor Mamadaminov

Jinoyat ishlari boʻyicha

Yangiobod tuman sudining raisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар