Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Toʻlanmagan jarimalar boʻyicha reydlar oʻtkazilmoqda

Toʻlanmagan jarimalar boʻyicha reydlar oʻtkazilmoqda

25 март 2024 йил
177
0

Haydovchidan transport vositasini boshqarish vaqtida yoʻl belgilari va qoidalariga alohida eʼtibor talab qilinadi. Lekin koʻpchilik haydovchilar yoʻl qoidalarini buzib, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etadilar. Bu esa oʻz navbatida maʼmuriy jarima qoʻllanilishiga sabab boʻladi.
Maʼmuriy huquqbuzarliklar boʻyicha qoʻllanilgan jarimani ixtiyoriy toʻlash tizimi yanada soddalashtirilgan, huquqbuzar unga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy toʻlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod qilish amaliyoti joriy qilingan.
Ayrim huquqbuzarlar jarimani imtiyozli muddat u yoqda tursin, ixtiyoriy muddatda ham toʻlashdan boʻyin tovlaydi. Aksariyat YHXB organlari tomonidan qoʻllanilgan jarimalar 60 kun muddat oʻtgandan soʻng majburiy undiruvga qaratiladi.
Xususan, Majburiy ijro byurosi Yangiobod tuman boʻlimi tomonidan joriy yil boshidan YHXB organlari tomonidan qoʻllanilgan 50 ta 23 mln. soʻmlik jarimalar undirilgan boʻlsa, 7 ta avtotransport vositalari jarima maydonchalariga joylashtirildi.
Jarimalar oʻz vaqtida toʻlanib borilganda, ushbu avtomobillar xatlanmagan va bunday ortiqcha harakatlar qilinmagan boʻlar edi.

X.B.Xazratqulov,

Boʻlim boshligʻi, adliya kichik maslahatchisi 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар