“Inson uchun” savdo ko‘rgazmasini tashkil etilmoqda
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va mas’ul idoralar bilan hamkorlikda Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar zalida “Inson uchun” savdo ko‘rgazmasini tashkil etilmoqda.
Ushbu ko’rgazmada 200 ga yaqin nogironligi bo’lgan shaxslarni band qilgan tadbirkorlar, shu jumladan nogironligi bo`lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va hunarmandlar o’z mahsulotlari (mebel, tekstil, poyabzal, sport, oziq-ovqat, texnika, poligrafiya va boshqa turdagi tovarlar) bilan ishtirok etadi. Ushbu ko’rgazma 1-2-may kunlari o’tkaziladi.
Shu bilan birga, koʻrgazma doirasida 300 ga yaqin tadbirkorlar bilan hududlarda masofadan turib savdolar tashkil etiladi.
Barcha yurtdoshlarimizni inklyuziv jamiyat sari muhim qadam — “Inson uchun” savdo ko’rgazmasida faol ishtirok etib, ishtirokchilarni qo’llab-quvvatlashga chorlaymiz!