Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » “Maʼnaviyat karvoni” loyihasi Yangiobod tumanidagi DXX Chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qism boʻlinmalaridan birida davom etdi

“Maʼnaviyat karvoni” loyihasi Yangiobod tumanidagi DXX Chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qism boʻlinmalaridan birida davom etdi

03 май 2024 йил
149
0

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari qoʻmondonligi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamkorligida tashkil etilgan “Vatan ostonasi” shiori ostidagi “Maʼnaviyat karvoni”ning keyingi manzili DXX Chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qism boʻlinmalaridan biri bo'ldi.

"Madaniy va ma’rifiy tadbirlar oyligi" doirasida tashkil etilgan tadbirda poytaxtimizdan tashrif buyurgan shoiru yozuvchilar, taniqli kino va teatr aktyorlari ishtirok etishdi.

Harbiy oilalar va muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan askarlar bilan boʻlib oʻtgan muloqotda oila va vatanning muqaddas ekanligi alohida taʼkidlanib, oilada farzandlar tarbiyasi hamda mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar xususida fikrlar almashildi. Aktyorlar tomonidan rollardan parchalar ijro etildi.

Uchrashuv nihoyasida mehmonlar harbiy xizmatchilar, ularning oila va farzandlari uchun boʻlinmada yaratilgan sharoitlar bilan ham yaqindan tanishdilar.

 

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар