Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Sarmich mahallasida ota-onalar bilan uchrashuv tashkil etildi

Sarmich mahallasida ota-onalar bilan uchrashuv tashkil etildi

13 февраль 2024 йил
138
0

Yangiobod tumani, Sarmich mahallasidagi 3-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida mahalla mas'ullari, profilaktika inspektori hamda ota-onalar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 5-fevral kuni ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalar mazmun-mohiyati yig'ilganlarga tushuntirildi.

Xususan, "Maktab - ota-ona - mahalla" tizimi kabi bolalar tarbiyasida hamkorlikni to'g'ri yo'lga qo'yish maqsadida "Bog'cha - ota-ona - mahalla" zanjirini tadbiq etish, bu orqali ota-onada masʼuliyat, tarbiyachida majburiyat, tarbiyalanuvchilarda ishonch, taʼlim va tarbiyada sifat, mahallada esa nazorat bo'lishi yuzasida kelishib olindi.

Tadbir so'ngida yig'ilganlar muassasada bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham tanishdilar.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар