Tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev Xo'jamushkentdagi 5-umumta'lim maktabida bo'ldi
Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev tumanning Xo'jamushkent mahallasidagi 5-umumta'lim maktabida bo'lib, ta'lim muassasasidagi muammolarni o'rgandi.
Tashrif davomida o'quvchilarning zamonaviy va puxta bilimlarni o'zlashtirishlari uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quvchilarning darslarga qatnashish holati (davomati), maktabning ichki imkoniyatlari, muammo va kamchiliklar ko'zdan kechirilib, ta'lim sifatini yanada oshirish va mavjud muammolarni hal etish yuzasidan maktab rahbariyati va o'qituvchilar bilan suhbatlashildi.
Муҳокамага қўшилинг