Tuman hokimi 2-umumta'lim maktabida muammo va kamchiliklarni birma-bir o'rgandi
Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev har kuni tumandagi umumta'lim maktablariga borib, davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan vazifalar ijrosi, ta'lim sifati hamda muammo va kamchiliklarni birma-bir o'rganmoqda.
Bugun tuman rahbari Shodlik MFYdagi 2-umumta'lim maktabida bo'lib, o'quvchilarning darslarni puxta o'zlashtirishlari uchun yaratilgan sharoitlar, ularning darslarga qatnashish holati (davomati), maktabning ichki imkoniyatlari, muammo va kamchiliklarni o'rganib, ta'lim sifatini yanada oshirish va mavjud muammolarni hal etish yuzasidan maktab rahbariyati bilan suhbatlashdi.
Shuningdek, maktab binosi hududida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari bilan ham tanishib, o'zining muhim ko'rsatma va tavsiyalarini berdi.
Муҳокамага қўшилинг