“Adliya va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi
Yangiobod tuman adliya boʻlimi, Yuridik xizmat koʻrsatish markazi, DXM va FHDYO xodimlari tomonidan Yangiobod tuman kasb-hunar maktabi oʻquvchilari bilan “Adliya va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi.
Uchrashuvda dastlab Adliya vazirligi va uning tizimidagi boshqarma va boʻlimlar faoliyati haqida yoshlarga batafsil tushunchalar berilib, tizim faoliyatiga oid videorolik qoʻyib berildi.
Shuningdek, Adliya vazirligining bugungi kunda xalqaro hamjamiyatda tutgan oʻrni, boshqa davlatlarning huquqni qoʻllash amaliyoti bilan solishtirganda erishayotgan tajribalari haqida ham maʼlumotlar berildi.
Oʻquvchilar bilan oʻtkazilgan ochiq muloqot qizgʻin savol-javoblarga ham boy oʻtdi. Ularga avvalo vaqtdan unumli foydalanish, yoshlikda bilim egallash va oʻz oldilariga qoʻygan maqsadlari sari dadil odimlash haqida tavsiyalar berildi.