Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Yangiobod tumani Pastkichaqir qishlog'ida yangi futbol maydoni qurilib, foydalanishga topshirildi

Yangiobod tumani Pastkichaqir qishlog'ida yangi futbol maydoni qurilib, foydalanishga topshirildi

08 май 2024 йил
188
0

"Tashabbusli budjet" loyihasi asosida Do'stlik MFY Pastkichaqir qishlog'idagi 8-umumta'lim maktabi hududida ko'rkam va zamonaviy tusdagi sun'iy qoplamali futbol maydoni bunyod etilib, foydalanishga topshirildi.

Koʻrgan koʻzni quvontiradigan, koʻplab qulayliklarga ega ushbu sport majmuasining tantanali ochilish marosimida tuman hokimi, sektor rahbarlari, mahalla va maktab faollari, soha vakillari hamda sportchi yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda tuman hokimi Ibrohim Qarshiboyev qishloq ahlini yangi sport maskani bilan muborakbod etib, ushbu dargoh yoshlarimizni jismonan barkamol etib tarbiyalashga xizmat qilishini taʼkidladi va bu yerdan yetuk sportchilar, jahon chempionlari yetishib chiqishiga tilak bildirdi.

Albatta, bu o'yingoh nafaqat maktab o'quvchilari, balki, qishloq aholisi va yoshlari uchun chinakam tuhfa bo'ldi. Stadionda ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish hamda sport bilan shugʻullanishlari uchun yetarli sharoit hozirlangan.

Tadbir davomida so'z olgan mahalla faollari va yoshlar o'z xursandchiliklarini yashirishmadi. Aholi va yoshlar yaratilayotgan bu kabi sharoitlar va ko'rsatilayotgan e'tibor uchun davlatimiz rahbaridan minnatdor ekanliklarini bildirdilar.

– “Mahallamizda sport inshooti yoʻqligi sababli biz yoshlarning futbol bilan shugʻullanishimiz uchun sharoit yetarli emas edi. Bugun ushbu yangi qurilgan stadionning bizning ixtiyorimizga topshirilishi barchamizni quvontirdi" - deydi 8-maktab o'quvchisi Humoyun Olimjonov.

Tadbir davomida ushbu sport majmuasining bunyod etilishida faollik ko'rsatgan mahalla faollari va yoshlarga tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.

Sport maydonining ochilishiga bag'ishlangan bayram tadbiri mahalla yoshlari o'rtasidagi futbol musobaqasiga ulanib ketti.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар