Migratsiyadagi fuqarolar bilan muammolari va mehnat sharoitlari yuzasidan suhbatlashildi
Xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizni huquqiy himoya qilish, ish joylaridagi muammolarini tizimli ravishda o‘rganish va ularni hal qilish bo‘yicha zarur amaliy yordam ko‘rsatish, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va ijobiy o‘zgarishlar to‘g‘risida xabardor qilib borish yuzasidan mamlakatimizda aniq mexanizmlar joriy etilgan.
Yangiobod tumanida ham chet davlatlarda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish hamda ularning oila a’zolarini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Tumanning "Havotog" mahallasi yettilik a'zolari tomonidan mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan fuqarolar bilan ularning oila a'zolari ishtirokida Internet tarmog'i orqali bog'lanib, mavjud muammolar va mehnat sharoitlari yuzasidan suhbatlashildi.