Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Yangiobod tumani hokimi g'olib sportchilarni taqdirladi

Yangiobod tumani hokimi g'olib sportchilarni taqdirladi

01 май 2024 йил
181
0

Yurtimizda yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishlari hamda ularning qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun zaruriy boʻlgan barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Yangiobod tumanida ham bunday imkoniyatlardan unumli foydalanib, bir qator nufuzli musoboqa va turnirlarda sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritayotgan va tengdoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan iqtidorli yoshlar talaygina.

Xabaringiz bor, yaqinda sportning Boks hamda Taekvondo WT turlari bo‘yicha o'tkazilgan Respublika birinchiligida ham tumanimiz yoshlari faxrli o'rinlarni qo'lga kiritib qaytishdi.

Bugun Yangiobod tumani hokimi Ibrohim Qarshiboyev ushbu sportchi yoshlar bilan uchrashib, ularni qo'lga kiritgan g'alabalari bilan tabrikladi va faxriy yorliq va esdalik sovg'alar topshirdi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар