Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Energiya resurslaridan qarzdorliklar majburiy undiriladi

Energiya resurslaridan qarzdorliklar majburiy undiriladi

17 сентябрь 2024 йил
90
0

Majburiy ijro byurosining Yangiobod tumani boʻlimi tomonidan sud qarorlariga asosan energiya resurslari sohasida qarzdorliklarni undirish boʻyicha bir qator ishlar olib borilmoqda.
Xususan, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ foydasiga 10 ta ijro hujjatlari boʻyicha 32 mln. soʻm hamda “Hududgaz” AJ korxonalari foydasiga esa 3 ta ijro hujjatlari boʻyicha 16 mln. soʻm qarzdorlik amalda undirilgan.
Shuningdek, sud va boshqa organlar hujjatlariga asosan boshqaruv servis kompaniyalari foydasiga qarzdorliklarni undirish boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yilda boshqaruv servis kompaniyalari foydasiga qarzdorliklarni undirish boʻyicha boʻlimlar ish yurituviga 7 ta 4 mln. soʻmlik hujjatlar kelib tushgan boʻlib, koʻrilgan keskin choralar natijasida 5 ta ijro hujjatlari boʻyicha 1 mln. soʻm qarzdorlik undirilgan.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар