Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi qarori

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi qarori

17 сентябрь 2024 йил
111
0

“Ochiq budjet” axborot portalida ovoz berish jarayonida golib bolgan tashabbuslarga fuqarolar tashabbusi jamgarmasi mablaglarini
yonaltirish togrisida

XALQ DEPUTATLARI YANGIOBOD TUMANI KENGASHI QARORI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-666-IV-sonli qarorining ijrosini ta‘minlash maqsadida Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi

QAROR QILADI

1. 2024-yil 06-iyuldan – 26-iyulga qadar openbudget.uz veb sayti orqali mavjud mahalliy muammolarni bartaraf etish maqsadida tumanda istiqomat qiluvchilar uchun ahamiyatga ega bo‘lgan jami 93 ta takliflar bildirilgan.
26-iyuldan - 15-avgustga qadar ushbu takliflarning barchasi moderatsiyadan o‘tkazilib, 15-avgustdan – 22-avgustga qadar targ‘ibot ishlari amalga oshirilgan.
Natijada 84 ta tashabbus ovoz berish uchun qabul qilingan, 9 ta tashabbus turli xil sabablarga ko‘ra rad etilgan. 22-avgustdan – 01-sentabrga qadar 84 ta tashabbus ovoz berish jarayonida ishtirok etganligi hamda yakunda 3 ta loyiha eng ko‘p ovoz to‘plab g‘olib bo‘lganligi hamda 2024-yil 2-mavsumi uchun “Fuqarolar tashabbusli jamg‘armasi”da 4 241 000 (to‘rt milliard ikki yiz qirq bir million) so‘m mablag‘ shakllanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Tashabbusli byudjet jarayoning 2024-yil 2-mavsumida “Ochiq budjet” axborot portalida ovoz berish jarayonida g‘olib bo‘lgan 3 ta tashabbuslar ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 12-umumta’lim maktabiga xarid qilinishi lozim bo‘lgan jihozlar ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi (E.Muxtorov) ushbu qarorning 2-ilovasida ko‘rsatilgan jihozlar sonidan kelib chiqib davlat xaridlarini amalga oshirish vazifasi yuklatilsin.
4. G‘olib takliflarni moliyalashtirish manzilli ro‘yxati shakllantirilsin.
Yangiobod tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Jizzax mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati DUK tashabbusli byudjet jarayoning 2024-yil 2-mavsumida g‘olib bo‘lgan tashabbuslarni moliyalashtirish uchun buyurtmachi tashkilot etib belgilansin.
5. Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi (E.Muxtorov), Jizzax mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati DUK (Sh.Anorboyev) iqtisodiyot va moliya vazirligining DMBAT dasturida (4017) shaxsiy g‘azna hisobvarag‘i ochish chorasini ko‘rsin. Ushbu g‘olib bo‘lgan takliflar to‘liq moliyalashtirilib bo‘lingandan so‘ng (kassa xarajatidan) ortgan mablag‘ Yangiobod tuman hokimligi qoshida ochilgan “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga to‘liq qaytarish vazifasi yuklatilsin.
6. Tuman hokimligi axborot xizmati rahbari (D.Rajabov) va “Yangiobod ovozi” gazetasi taxririyati (A.Muhammadiyev) bilan birgalikda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan va “g‘olib” deb topilgan tadbirlarning moliyalashtirishi hamda amalga oshirilishi bo‘yicha ma’lumotlarni “Ochiq budjet” portaliga joylashtirilishi va keng jamoatchilikka muntazam yoritib borilishini ta’minlash tavsiya etilsin.
7. Tuman hokimi o‘rinbosari (M.To‘rayev) buyurtmachi tashkilotlar hamda tashabbus egalari bilan kelishilgan holda ajratilgan mablag‘lar doirasida loyiha-smeta hujjatlarini shakllantirish va loyihachi va pudratchi korxonalarni aniqlash bo‘yicha qurilish sohasidagi davlat xaridlari elektron tender platformasiga belgilangan muddatlarda e’lon joylashtirilishini ta’minlasin.
8. Tuman hokimligi bosh hisobchisi (A.Nurmatov)ga g‘olib deb topilgan takliflarga “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasidan 1-ilovada keltirilgan amalga oshirishning aniqlangan qiymati miqdorida mablag‘ ajratish vazifasi yuklatilsin.
9. Tuman G‘aznachilik xizmati bo‘limi boshlig‘i (B.Ismoilov)ga ushbu mablag‘ni tegishli tartibda moliyalashtirilishini ta’minlasin.
Ushbu mablag‘ni manzilli ro‘yxatda ko‘rsatilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilsin va ushbu mablag‘larning boshqa maqsadlarga ishlatilishi ta’qiqlansin.
10. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy byudjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari R.Abdug‘aniyev zimmasiga yuklatilsin.

2024-yil 16-sentabr,

VI-74-110-3-54-K/24

Xalq deputatlari tuman Kengash raisi,

tuman hokimi I.Qarshiboyev

Qarorning tasdiqlangan nusxasi bu yerda:

kengash-karori.pdf [784,47 Kb] (юклаб олинди: 9)

Онлайн: kengash-karori.pdf

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining 74-sessiyasi bo'lib o'tdi
16 сентябрь 2024, Понедельник
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining 74-sessiyasi bo'lib o'tdi
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi qarori
22 апрель 2024, Понедельник
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi qarori
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi qarori
14 февраль 2024, Среда
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi qarori
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi qarori
15 февраль 2024, Четверг
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi qarori
XALQ DEPUTATLARI YANGIOBOD TUMAN KENGASHI QARORI
03 октябрь 2023, Вторник
XALQ DEPUTATLARI YANGIOBOD TUMAN KENGASHI QARORI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар