Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Aholini roʻyxatga olishning asosiy prinsiplari

Aholini roʻyxatga olishning asosiy prinsiplari

23 сентябрь 2024 йил
53
0

Davlatimiz rahbari tomonidan 2020-yil 16-mart kuni aholini roʻyxatga olish sohasidagi munosabatlarni tartibga  soluvchi “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi Qonun ilk bor qabul qilingan  huquqiy  hujjat  sifatida Oʻzbekiston tarixidan oʻrin oldi. Chunki shu vaqtgacha  bu sohada qonunchiligimizda hech qanday hujjat yoʻq edi.

Ushbu Qonun 5 bob va 31 moddadan iborat boʻlib, unda qonunning maqsadi, asosiy tushunchalar, aholini roʻyxatga  olishning vazifalari va prinsiplari, aholini roʻyxatga olish sohasini tartibga solish, aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish tartibi, respondentlarning hamda roʻyxatga oluvchi xodimlarning huquq va majburiyatlari yoritib berilgan.

Aholini roʻyxatga olishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

Davriylik  prinsipi- aholini roʻyxatga olish oʻn yilda kamida bir marta oʻtkazilishi hamda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinishi belgilab qoʻyilgan.

Umumiylik va bir paytdalik prinsipi- aholini roʻyxatga olishning yagona belgilangan sanasida shaxsga doir maʼlumotlarni barcha respondentlardan yigʻish Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida bir paytning oʻzida amalga oshiriladi.

Roʻyxatga olishning yakka tartibdaligi prinsipi- shaxsga doir maʼlumotlar yigʻilayotganda roʻyxatga olish varagʻi har bir respondent uchun yakka tartibda toʻldiriladi.

Shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligi prinsipi- aholini roʻyxatga olish jarayonida yigʻilgan shaxsga doir maʼlumotlar maxfiy boʻlib, respondentning roziligisiz oshkor etilmaydi va tarqatilmaydi.

Aholini roʻyxatga olishni boshqarishning markazlashtirilganligi prinsipi- Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha aholini roʻyxatga olishga tayyorganlik koʻrish va uni oʻtkazish aholini roʻyxatga olishni yagona boshqaruv tizimini yaratish asosida markazlashtirilgan holda amalga oshiriladi.

Tumani statistika boʻlimi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар