Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » BUGUN YER VA MOL MULK SOLIQLARINI TO'LASHNING OXIRGI KUNI. KIMLAR USHBU SOLIQLARDAN OZOD QILINGAN?

BUGUN YER VA MOL MULK SOLIQLARINI TO'LASHNING OXIRGI KUNI. KIMLAR USHBU SOLIQLARDAN OZOD QILINGAN?

15 октябрь 2024 йил
90
0

Soliq kodeksining 436-moddasiga asosan quyidagilar yer solig'idan ozod qilingan:

  1. “Oʻzbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlari, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;
  2. Urush nogironlari va qatnashchilari;
  3. I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;
  4. Yolgʻiz pensionerlar;
  5. Boquvchisini yoʻqotgan koʻp bolali oilalar;
  6. Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar;
  7. Energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan toʻliq uzib qoʻyilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari oʻrnatilgan oydan eʼtiboran uch yil muddatga.

Soliq imtiyozlari yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organda roʻyxatdan oʻtkazgan jismoniy shaxslarga beriladi.

Soliq imtiyozlari soliq toʻlovchining tanlovi boʻyicha faqat bitta yer uchastkasiga beriladi.

Soliq imtiyozlariga ega boʻlgan shaxslar soliq imtiyozlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.

Mol-mulk solig'idan quyidagi toifalar:

  1. Pensionerlar;
  2. 1-2 guruh nogironligi bo'lgan shaxslar.
  3. 10 va undan ortiq bolasi bor oilalar.

Soliq kodeksining 421-moddasiga asosan, yuqoridagi toifaga kiruvchi shaxslar mulkida bo'lgan mol-mulk solig'idan 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilingan.    
Pensionerlar bu huquqlaridan pensiya guvohnomasi, 1-2 guruh nogironlari esa tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi (TMEK) ma'lumotnomasi yoki pensiya guvohnomasini, 10 va undan ko'p bolasi bo'lgan oilalar esa mahalladan bolalari borligini tasdiqlaydigan ma'lumotni soliq organiga taqdim etish yo'li bilan foydalanishlari mumkin.

Hamid Akmalov,
Qoraqalpoq davlat universiteti Yuridik fakulteti 4-bosqich talabasi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар