Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Tadbirkorlik sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishayotgan tadbirkorlar bilan muloqotlar o'tkazilmoqda

Tadbirkorlik sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishayotgan tadbirkorlar bilan muloqotlar o'tkazilmoqda

13 сентябрь 2023 йил
57
0

Xabaringiz bor, Yangiobod tumanida tadbirkorlar safini oshirish, aholini tadbirkorlikka undash va sohaga qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida ko'zga koʻringan, tadbirkorlik sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishib kelayotgan tadbirkorlar bilan muloqotlar o'tkazilmoqda.

Bu galgi muloqot "Balandchaqir g'isht" MCHJ rahbari Yoryigit Sultonmurotov ishtirokida tashkil etildi.

Uchrashuvda tadbirkor dastlab biznesni rivojlantirish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, biznes vakillarini qoʻllab quvvatlash va Prezidentimiz tomonidan sohani har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar to'g'risida gapirdi.

Shuningdek, tadbirkor yig'ilganlarga biznes olamiga kirib kelishi, bosib oʻtgan yoʻllari, qoʻlga kiritayotgan yutuqlari hamda biznes loyihalari to'g'risida gapirib berdi.

Shundan so'ng yig'ilganlar tadbirkor tomonidan tashkil etilgan g'isht ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishdilar.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар