Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Yangiobodda noqonuniy ov qilganligi uchun fuqaro jarimaga tortildi

Yangiobodda noqonuniy ov qilganligi uchun fuqaro jarimaga tortildi

29 ноябрь 2023 йил
359
0

Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi ekologik nazorat inspeksiyasi hamda bioxilma-xillikni asrash shu’basi davlat inspektorlari tomonidan Yangiobod tumanida olib borilgan nazorat reyd tadbirida noqonuniy ov qilib yurgan fuqaro aniqlandi.

Toshkent shahrida yashovchi M.I. ismli fuqaro o‘ziga tegishli ov quroli yordamida 1 dona quyon va 4 dona kabutar qushlarini tegishli ruxsatlarsiz ovlagan.

Mazkur holat yuzasidan huquqbuzar fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 10 baravari ya’ni, 3 300 000 so‘m jarima hamda 990 000 so‘m hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar belgilandi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар