Yangiobod tumanining 2024-yilgi mahalliy byudjetining dastlabki muhokamasi bo'lib o'tdi
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi doimiy komissiyalari tomonidan tuman mahalliy byudjeti hamda tumanda yuridik va jismoniy shaxslarning egaligida boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha bazaviy soliq stavka miqdorlari dastlabki tarzda koʻrib chiqildi.
Yig'ilishning dastlabki masalasi yuzasidan tuman soliq inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari Q.Mustafoqulov tumanda yuridik va jismoniy shaxslarning egaligida boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha bazaviy soliq stavka miqdorlari toʻgʻrsida hisobot berib, asosiy oʻzgarishlar haqida batafsil toʻxtalib oʻtdi.
2-masala yuzasidan tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi T.Shodmonqulov 2024-yilgi tuman mahalliy byudjetidagi asosiy qoʻshimcha va oʻzgarishlar toʻgʻrisida hisobot berdi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tuman Kengashi deputatlari oʻzlarini fikr va takliflarini bildirib oʻtishdi. Yigʻilish soʻngida tuman Kengashining tegishli doimiy komissiya raislari tomonidan qarorlar qabul qilinib, yuqoridagi masalalar navbatdagi sessiya kun taritibiga kiritilishi belgilab olindi.