Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45

Korrupsiya – bu illat

28 август 2024 йил
54
0

Korrupsiya ma’naviy nuqtai nazardan axloqsizlik va illat, huquqiy jihatdan esa jinoyat hisoblanada. Korrupsiya bu mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquqlar va hokimyat imkoniyatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyatdir.

Korrupsiyaning ildiz otishi natijasida aholining hokimiyat, jamladan davlat boshqaruvi organlariga bо‘lgan ishonchini yо‘qotadi, ularning adolat va qonun ustuvorligiga bо‘lgan ishonchlarini poymol qiladi, jamiyatda adolatsizlik, tengsizlikning avj olishiga, qonun ustuvorligi va adolat  ta’minlashiga, iqtisodiy taraqqiyot va mamlakat rivojiga g‘ov bо‘ladi. Bu esa adolat ustuvorligiga, xalq farovonligi va davlat taraqqiyotiga juda katta salbiy ta’sir kо‘rsatadi.

Insoniyat о‘z tarixi davomida korrupsiyaga qarshi turli usullar va vositalar bilan muttasil kurashib kelgan. Hatto eramizdan avvalgi davrlarga oid manbalarda ham korrupsiyaning zarari va oqibatlari bayon etilgan. Korrupsiya jinoyatlari tarixida qо‘llangan turli shaklda jazolar natijasida ham barham topmadi. Shuning uchun bugungi kunda ushbu illatga qarshi xalqaro va milliy qonunchilik, sog‘lom ma’naviy muhit, ta’lim va tarbiya, shuningdek jamoatchilik nazorati orqali kurashishga katta axamiyat berilmoqda.

Hozigi globallashuv davrida korrupsiyaga qarshi nafaqat bir davlat doirasida, balki xalqaro darajada ham kurashish zarurati yanada ortdi. Korrupsiya mamlakatning xalqaro maydondagi imiji va investitsiyaviy jozibadorligiga ham salbiy ta’sir etmay qolmaydi. Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish va ushbu turdagi jinoyatlar sodir etilishining oldini olishga qarshi murosasiz kurash olib borilmoqda. Bu borada zaruriy chora tadbirlar va amaliy ishlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bu borada milliy qonunchilik shakllantirilib, uning huquqiy mexanizmlari yaratildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish tо‘g‘risidagi qonun esa ushbu amaliy ishlarning huquqiy asosi bо‘lib xizmat qilmoqda. Korrusiya qisqa muddat barham topadigan illat emas, ammo unga qarshi kurashish, jamiyatda sog‘lom fikrni shakllantirish, ushbu illatga qarshi birdamlikda kurashish albatta о‘z natijasini beradi. Korrupsiya taraqqiyot va porloq kelajak dushmani, unga qarshi kurash esa yurt kelajagi va mamlakat taraqqiyotiga befarq bо‘lmagan, kelajak avlodning farovon turmushini о‘ylagan har bir insonning burchidir.

B.Mamadaminov,

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Yangiobod tuman sudining raisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Yetkazilgan zararni qoplash
26 июнь 2024, Среда
Yetkazilgan zararni qoplash
Korrupsiyaga qarshi kurashish davr talabi
01 февраль 2024, Четверг
Korrupsiyaga qarshi kurashish davr talabi
Nikoh muqaddas rishta
13 декабрь 2023, Среда
Nikoh muqaddas rishta
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар