Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » O‘g‘irlik jinoyati tushunchasi va tayinlanadigan jazolar

O‘g‘irlik jinoyati tushunchasi va tayinlanadigan jazolar

16 сентябрь 2024 йил
72
0

О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasida О‘g‘irlik jinoyati va tayinlanadigan jazolar uchun sо‘z yuritilgan.

Kodeksga kо‘ra;

О‘g‘rilik, ya’ni о‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish - bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

О‘g‘rilik:

  1. a) jabrlanuvchining kiyimi, sumkasi yoki boshqa qо‘l yukidagi ashyoga nisbatan (kissavurlik);
  2. b) ancha miqdorda;
  3. v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
  4. g) uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib;
  5. d) umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida о‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining kо‘rsatkichlarini о‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yо‘li bilan;
  6. e) umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga elektr energiyasi, gaz yoki suv ta’minoti tashkilotlarining mansabdor shaxslari yoki xodimlari tomonidan oldindan til biriktirib, tijorat maqsadlarida о‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining kо‘rsatkichlarini о‘zgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yо‘li bilan sodir etilgan bо‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

О‘g‘rilik:

  1. a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
  2. b) qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) axborot tizimiga kirib yoki undan foydalanib;
  3. v) kо‘p miqdorda;
  4. g) neft quvurlarida, gaz quvurlarida, neft va gaz mahsulotlari quvurlarida sodir etilgan bо‘lsa- besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

О‘g‘rilik:

  1. a) juda kо‘p miqdorda;
  2. b) о‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
  3. v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini kо‘zlab sodir etilgan bо‘lsa, —sakkiz yildan о‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Mamlakatimizda ushbu illatning oldini olish va unga qarshi kurashishning mustahkam huquqiy asoslari yaratilgan.

Baxtiyor Mamadaminov,

Jinoyat ishlari bо‘yicha

Yangiobod tuman sudining raisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Oilaviy zо‘ravonlik uchun qanday javobgarlik belgilangan
26 август 2024, Понедельник
Oilaviy zо‘ravonlik uchun qanday javobgarlik belgilangan
Odam savdosi – insoniyat erkinligiga tahdid
23 август 2024, Пятница
Odam savdosi – insoniyat erkinligiga tahdid
Odam savdosi jinoyatining tushunchasi
18 март 2024, Понедельник
Odam savdosi jinoyatining tushunchasi
Qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi
15 март 2024, Пятница
Qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi
Firibgarlik jinoyati tushunchasi
13 март 2024, Среда
Firibgarlik jinoyati tushunchasi
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар