Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45

Bolalar mehnatiga barham beraylik

14 октябрь 2024 йил
64
0

Mustaqil О‘zbekistonimizda barcha bolalar erkin, mustaqil, forovon yashab ulg‘ayib kelmoqda.

Xalqimiz orasida “Guruch kurmaksiz bо‘lmaydi” degan naql yuradi.

Tо‘g‘ri, ba’zi-ba’zida bolalar mehnatidan foydalanayotgan kimsalarni kо‘rib qolamiz. Ammo о‘sha kimsalarga о‘z munosabatimizni bildirish, bolalar mehnatidan foydalanmaslik, bolalarning huquqlari tо‘g‘risida aytish о‘rniga barchamiz unga e’tiborsiz, loqaydlarcha о‘tib ketamiz.

О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi 1481-moddasida “Voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yо‘l qо‘yilmasligi tо‘g‘risidagi talablarni buzish – voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bо‘lgan ishlarda foydalanish, xuddi shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qо‘llanilganidan keyin sodir etilgan bо‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Shuningdek О‘zbekiston Respublikasi JKning                                            1482-moddasida mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, xuddi shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qо‘llanilganidan keyin sodir etilgan bо‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Xuddi shunday harakat voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bо‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, ta’lim tashkilotining pedagog xodimiga nisbatan xuddi shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qо‘llanilganidan keyin sodir etilgan bо‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Baxtiyor Mamadaminov,

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Yangiobod tuman sudining raisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар