Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Aholini roʻyxatga olishda anʼanaviy roʻyxatga olish usuli

Aholini roʻyxatga olishda anʼanaviy roʻyxatga olish usuli

31 октябрь 2024 йил
28
0

Aholini roʻyxatga olishda maʼlumotlarni yigʻish 3 xil usulda olib boriladi. Anʼanaviy roʻyxatga olish, aralash roʻyxatga olish, registr va boshqa manbalardan foydalanish usuli.

Anʼanaviy roʻyxatga olish deganda, maʼlum bir mamlakat hududi yoki uning aniq belgilangan qismida barcha shaxslar va uy-joy fondini maʼlum bir vaqtda  tavsiflovchi demografik, iqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlarni toʻplash (joylarda yoppasiga roʻyxatga olish orqali), qayta ishlash, baholash, tahlil qilish va tarqatish jarayoni tushuniladi. Roʻyxatga olish bevosita hisob-kitob sanasi (roʻyxatga olish sanasi) bilan bogʻliq belgilangan cheklangan vaqt oraligʻida oʻtkaziladi. Maʼlumotlar, odatda, qogʻoz savolnoma yoki borgan sari koʻproq ishlatilayotgan elektron shakldagi roʻyxatga olish varaqalari orqali yoki xavfsiz onlayn ulanish vositasida maʼlumotlarni uzatish orqali qayd etiladi.

Anʼanaviy usulning asosiy afzalliklari shundaki, u butun aholini maʼlum bir vaqtda “ajratish” imkonini beradi va nisbatan kichik hududlar va aholining kichik guruhlari haqida maʼlumot olish imkonini beradi.

Yangiobod tuman statistika boʻlimi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар