O‘zlashtirish jinoyati va jazo choralari
О‘zbekistn Respublikasi Konstitusiyasining 41-moddasida “Har bir shaxs mulkdor bо‘lishga haqli” ekanligi kо‘rsatilgan.
Ammo jamiyatimizda shunday fuqarolarimiz borki, ular fuqarolarning yoki davlatimizning mol-mulklarini о‘ylamasdan, firibgarlik yо‘li bilan yoki о‘zlashtirish yо‘li bilan noqonuniy ravishda talon-taroj qilishib jinoyat sodir qilishmoqda.
О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 167-moddasi.
Aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida bо‘lgan о‘zganing mulkini о‘zlashtirish yoki rastrata qilish yо‘li bilan talon-toroj qilish — bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
О‘sha harakat:
- a) kо‘p miqdorda;
- b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
- v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
- g) mansab mavqeini suiiste’mol qilish yо‘li bilan sodir etilgan bо‘lsa, —bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki tо‘rt yuz sakson soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
О‘sha harakat:
- a) juda kо‘p miqdorda;
- b) о‘ta xavfli retsidivist tomonidan;
- v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini kо‘zlab;
- g) kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib sodir etilgan bо‘lsa, —bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud besh yildan о‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yetkazilgan moddiy zararning о‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qо‘llanilmaydi.
Baxtiyor Mamadaminov,
Jinoyat ishlari bо‘yicha
Yangiobod tuman sudining raisi