Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45
» » Odam savdosi jinoyatining tushinchasi

Odam savdosi jinoyatining tushinchasi

23 сентябрь 2024 йил
24
0

О‘zbekiston Respublikasida eng oliy qadriyat inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa tabiiy xuquqlari bо‘lib, ularni ta’minlash Konstitusiya bilan kafolatlangan.

Qonunda odam savdosi uchun jinoiy javobgarlik belgilanganligi shaxs erkinligining konstitusiyaviy kafolatlaridan biri hisoblanadi.

Jinoyat kodeksining 135-moddasi birinchi qismi dispozitsiyasi mazmuniga kо‘ra, odam savdosi deganda, odamni olish-sotish yoki odamni ekspluatatsiya qilish maqsadida yollash yoki qabul qilish tushuniladi.

Oldi-sotdi tariqasidagi odam savdosi odamning bir shaxs tomonidan boshqasiga pul, boshqa moddiy qimmatliklar (mulk), mulkiy harakterdagi xizmatlar, mulkiy yoki pul shaklidagi qarzdan voz kechish va x.k.lar sifatidagi xaq evaziga berilishi tо‘g‘risida yozma yoki og‘zaki bitim tuzilishini nazarda tutadi. Bunday kо‘rinishidagi odam savdosiga odam qanday maqsadlarda sotib olinganligi (sotilganligi) xuquqiy ahamiyat kasb etmaydi.

Shaxs odamni uning evaziga xaq olingandan sо‘ng topshirish sharti bilan sotishga va’da berib, biroq azaldan uning qasdi moddiy qimmatliklarni egallashga qaratilgan va unda bitim shartlarini bajarish niyati bо‘lmagan hollarda, uning harakatlari firibgarlik tarkibini tashkil etadi, oluvchining harakatlari esa sotib olish tariqasidagi odam savdosiga suiqasd sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim.

Olish-sotish tariqasidagi odam savdosidan farqli ravishda, Jinoyat kodeksining 135-moddasida nazarda tutilgan boshqa barcha hollar (yollash, tashish topshirish, yashirish, qabul qilish)da jinoiy javobgarlik yuzaga kelishining zarur sharti odamni ekspluatatsiya qilishga qaratilgan maqsad mavjudligi hisoblanadi.

Odam mehnat va xizmatlaridan mehnat, fuqarolik qonunchiligi normalariga muvofiq (masalan, qurilish yoki maishiy pudrat, xaq evaziga xizmat kо‘rsatish, yо‘lovchi va yuk tashish, transport ekspeditsiyasi va h.k. shartnomalar bо‘yicha) foydalanilgan barcha hollarda odam ekspluatatsiyasi mavjud bо‘lmaydi. Bunday xuquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarmaslik bilan bog‘liq nizolar fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida hal etilishi kerak.

Odamni ekspluatatsiya qilish boshqa shaxslar fohishabozligidan foydalanish yoki boshqa kо‘rinishdagi shahvoniy ekspluatatsiyani, majburiy mehnat yoki xizmatlar, qulllik yoki qullikka о‘xshash odatlar, erksizlik holati yoki odam a’zolari yoki tо‘qimalari olinishini anglatadi.

Odam savdosiga oid ishlarni tergov qilish yoki kо‘rishda tergov organlari va sudlar quyidagi tushunchalarni aniq farqlashlari lozim;

yollash deganda, ekspluatatsiya qilish maqsadida, odamni biron-bir faoliyat bilan shug‘ullanishga jalb etishga qaratilgan faoliyat (ekspluatatsiya obyektini qidirish, tо‘plash, u bilan muzokara yuritish va h.k) tushuniladi;

tashish – shaxsni olish-sotish bitimi tuziladigan (ijro etiladigan), boshqa shaxsga topshiriladigan joyga yoki undan ekspluatatsiya maqsadida, foydalaniladigan joyga yetkazib berish (transportda tashish)ni anglatadi. Bunda yetkazib beriladigan shaxs odam savdosini amalga oshirish uchun mо‘ljallanganligi tashuvchiga oldindan ma’lum bо‘lishi lozim. Tashish bitta aholi punkti doirasida ham, О‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqish bilan bog‘liq tarzda ham amalga oshirilishi mumkin;

topshirish – odamni boshqa shaxsga ekspluatatsiya qilish maqsadida jismoniy tarzda berishda ifoadalanadi;

yashirish – jabrlanuvchini hokimiyat vakillaridan, qarindoshlaridan yoki uning taqdiridan manfaatdor boshqa shaxslardan har qanday joyda xifiya saqlashda ifodalanadi;

qabul qilish – odamni о‘z maqsadlarida, ekspluatatsiya qilish uchun egalikka olish (masalan, hadya tariqasida, vaqtincha tekin foydalanish uchun yoki qarz evaziga va h.k)ni anglatadi, odamni sotib olish hollari bundan mustasno.

Jinoyat kodeksining 135-moddasi birinchi qismi dispozitsiyasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi formal bо‘lib, jinoyat odamni olish-sotish bitimi tuzilgan paytdan yoki qonunning mazkur moddasida kо‘rsatilgan boshqa qilmish sodir etilgan paytdan tugallangan hisoblanadi. 

Baxtiyor Mamadaminov,

Jinoyat ishlari bо‘yicha

Yangiobod tuman sudining raisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Oilaviy zо‘ravonlik uchun qanday javobgarlik belgilangan
26 август 2024, Понедельник
Oilaviy zо‘ravonlik uchun qanday javobgarlik belgilangan
Odam savdosi – insoniyat erkinligiga tahdid
23 август 2024, Пятница
Odam savdosi – insoniyat erkinligiga tahdid
Odam savdosi jinoyatining tushunchasi
18 март 2024, Понедельник
Odam savdosi jinoyatining tushunchasi
Odam savdosi - asr vabosi
08 февраль 2024, Четверг
Odam savdosi - asr vabosi
Korrupsiyaga qarshi kurashish davr talabi
01 февраль 2024, Четверг
Korrupsiyaga qarshi kurashish davr talabi
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар