Телефонлар:
(0372) 542-11-11
(0372) 542-11-45

Korrupsiya – asr muammosi

20 сентябрь 2024 йил
26
0

Hukumatimiz tomonidan barcha sohalarda korrupsiyaga qarshi keskin kurash olib borilmoqda.

Korrupsiya illatiga qarshi kurash uchun bir qator chora-tadbirlar ham amalga oshirildi va bu ishlar davom etmoqda.

Xukumatimiz tomonidan ushbu jinoyatni sodir etilishi oldini olish maqsadida, turli sohalar elektronlashtirildi va davlat xizmatlari markazlari tashkil etilib, fuqarolarning sarsongarchiliklarining oldini olish uchun arizalarni onlayn yuborish yо‘lga qо‘yildi.    

Xukumatimiz tomonidan fuqarolar uchun barcha qulayliklar yaratilgan bо‘lsada, ammo ba’zi bir fuqarolarimiz tomonidan ushbu jinoyatni sodir etishayotgani achinarlidir.

Korrupsiya jinoyatni sodir etish usuli sifatida, faqatgina ma’lum miqdordagi pulni pora tariqasida olishni tushinmaslik kerak.

Mansabdor shaxsning о‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bо‘lishi ham korrupsiya jinoyatini sodir etish usullari sifatida baholanadi.

Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining о‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bо‘lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini kо‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan о‘zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bо‘lishi — Pora olish jinoyati sifatida baholanadi. (О‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi                                      210-modda).

Xukumatimiz amalga oshirayotgan chora-tadbirlar, ushbu jinoyatni oldini olish, fuqarolarning yashash tarzi yaxshilanishiga, davlatimizning rivojlanishi uchun muhim omil bо‘lmoqda.

Baxtiyor Mamadaminov,

Jinoyat ishlari bо‘yicha

Yangiobod tuman sudining raisi

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар